UYEFA Superkubogi. «Bavariya» klubi «Sevilya»ni qiyinçilik bilan yengdi

UYEFA Superkubogi. «Bavariya» klubi «Sevilya»ni qiyinçilik bilan yengdi

Futbol böyiça UYEFA Superkubogi uçraşuvida «Bavariya» va «Sevilya» jamoalari 24 sentyabr, payşanba kuni özari bahs yuritdi.

Uçraşuvning 13-daqiqasida Ivan Rakitiçga nisbatan işlatilgan qöpollikdan keyin nemislar darvozasi tomon penalti belgilandi. Uni Lukas Okampos golga aylantirdi. 34-daqiqada Leon Gorettska muvozanatni tiklaşga muvaffaq böldi.

Ikkinçi bölimda ustunlik myunxenliklar tomonidan böldi. Biroq nemis klubi vaziyatlarini golga aylantira olmadi. Uçraşuv yakunlanişi arafasida «Sevilya» vakillarida ham juda qulay imkoniyat yuzaga keldi, ammo Yusuf an-Nessirining zarbasini Manuel Noyer qaytarib qolişga erişdi.

Asosiy vaqtda durang qayd etilgaç, qöşimça bölimlarga murojaat qilindi. 99-daqiqada zaxiradan maydonga qöşilgan Xavi Martines oradan beş daqiqa ötib myunxenliklarga ğalaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Şu tariqa «Bavariya» 2019/20 yilgi mavsumdagi trebldan keyin dastlabki sovringa ega çiqdi.

×