Namanganlik aka-singil IIB xodimlari kaltaklaganini iddao qildi. Voqea qanday bölgandi?

Namanganlik aka-singil IIB xodimlari kaltaklaganini iddao qildi. Voqea qanday bölgandi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Çust tumani Olmos qişloğida yaşovçi, 1985 yilda tuğilgan Gulmira Ilyosovaning Jizzax viloyati Foriş tumani IIB xodimlari özi hamda akasi Mirzaolim Ilyosovga tan jarohati yetkazganligi töğrisidagi video tarqaldi. 

Jizzax viloyati IIB mazkur holat böyiça raddiya berdi va voqea qanday bölgani haqida batafsil maʼlumotni eʼlon qildi. IIB dastlab videogaça bölgan voqealar haqida maʼlumot bergan.

Unga köra, joriy yilning 5 iyul kuni Mirzaolim Ilyosovning 1990 yilda tuğilgan şaʼriy nikohdagi turmuş örtoği Ş.M. içki işlar organlariga murojaat qilib, Mirzaolim Ilyosov Ş.M.ning birinçi turmuşidan 2012 yilda tuğilgan öğli hamda otasi Mirzaolim Ilyosov bölgan, 2018 yilda tuğilgan öğliga eri muntazam ravişda tazyiq ötkazganligini, ularni turli usullarda qiynagai, jumladan, boşiga qaynoq suv quygani, bolalarni öldirişini taʼkidlab kelganini bildirgan.

Şuningdek, Ş.M. 5 iyul kuni şaʼriy turmuş örtoği Mirzaolim Ilyosov 2018 yilda tuğilgan farzandini qasddan haşarotlarga qarşi işlatiladigan “Nurel” kimyoviy vositasi bilan zaharlaganini maʼlum qilgan. Mirzaolim Ilyosov va Ş.M.ning 2018 yilda tuğilgan öğli M.M. zaharlanişi oqibatida Foriş tumani tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.

Ş.M.ning murojaati asosida voqea joyiga Foriş tumani IIB tergov tezkor guruhi yetib borgan. Suriştiruvlar jarayonida Mirzaolim Ilyosov hudud profilaktika inspektori tomonidan tuman tibbiyot birlaşmasiga olib kelingan. Bu paytda Mirzaolim Ilyosov mast holatda bölgan. Buni ötkazilgan tibbiy körik ham tasdiqlagan.

Tibbiy körikdan ötkazilgan Mirzaolim Ilyosov Foriş tumani IIBga olib kelingan. Lekin Mirzaolim Ilyosov özini bilmaydigan darajada mast bölgani tufayli söroq qilinmagan. 6 iyul kuni Mirzaolim Ilyosov öziga kelgaç, söroq qilingan. Şu vaqtda Mirzaolim Ilyosov özini yomon his qilayotganini bildirgan. Şu sababli Foriş tumani tibbiyot birlaşmasida qayta tibbiy körikdan ötkazilib, qöyib yuborilgan. Tibbiy körik Mirzaolim Ilyosovning tanasida tan jarohatlari yöqligini, amaliy soğlom ekanligini tasdiqlagan.

7 iyul kuni esa mazkur holat böyiça töplangan hujjatlar Foriş tumani prokuraturasiga yuborilgan. Holat prokuratura tomonidan örganilib, 5 avgustda Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110- moddasi 2- qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Boşqarma videodagi holat haqida maʼlumot berib, bu Mirzaolim Ilyosov tergovga çaqirilganda yuz berganini bildirdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 12 avgust kuni jinoyat işi böyiça gumonlanuvçi Mirzaolim Ilyosov söroq qiliş maqsadida Foriş tumani içki işlar bölimiga çaqirilgan. Mirazolim Ilyosov soat 18:00 lar atrofida tuman IIBga yetib kelgan. 

Mirzaolim Ilyosov olib kirilayotgan vaqtda uning singlisi Gulmira Ilyosova heç qanday hujjatga ega bölmasa-da Mirzaolim Ilyosovning qonuniy vakili ekanligini daʼvo qilib, tergov harakatlarida uyali telefondan foydalangan holda videotasvirga olib iştirok etişini maʼlum qilgan.

Öz navbatida içki işlar organlari xodimlari Gulmira Ilyosovaning tuman içki işlar bölimiga kirişiga eʼtiroz bildirişmagan. Lekin uyali aloqa vositasini maʼmuriy binoga olib kiriş mumkin emasligini maʼlum qilgan. Bunga rozi bölmagan Gulmira Ilyosova tuman IIB nazorat ötkaziş joyida içki işlar organlari xodimlarini haqorat qila boşlagan. Mazkur jarayonda Gulmira Ilyosova suriştiruvçi va profilaktika inspektoriga taşlanib, ularning xizmat kiyimlarini yirtgan. Xuddi şunday suriştiruvçining turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgan.

Tabiiyki, Gulmira Ilyosovaga xatti-harakatlari qonunga zid ekanligi tuşuntirilib, IIB binosiga kirişi kerakligi bildirilganida u içki işlar organlari xodimlariga qarşilik körsatgan. Şundan söng Gulmira Ilyosova tuman IIB binosidagi videokamera kuzatuvi bilan taʼminlangan maxsus xonaga olib kirilib, suhbatlaşilgan. Suhbat davomida Gulmira Ilyosova IIB rahbarlari va xodimlarini uyatli va obrösizlantiruvçi sözlar bilan haqorat qilgan.

Uşbu holatlar röy bergan zahoti vaziyat tuman prokuraturasiga maʼlum qilingan. Voqea joyiga yetib kelgan prokuratura xodimlari tomonidan tegişli tartibda hujjatlar rasmiylaştirilgan.

Şuningdek, Gulmira Ilyosova tuman tibbiyot birlaşmasida tibbiy körikdan ötkazilgan. Tibbiy körik Gulmira Ilyosovaning tanasida jarohatlar yöqligini tasdiqlagan. Şu bilan birga unga neyrotsirkulyator distoniya taşxisi qöyilib, zaruriy muolajalar qilingan. Ammo Gulmira Ilyosova tana aʼzolari rentgen qilinişiga rozi bölmagan. Gulmira Ilyosovani şifokorlar kuzatuv xonasiga yotqizmoqçi bölişganida akasi Mirzaolim Ilyosov uni şifoxonadan ruxsatsiz olib ketib qolgan.

“Fikrimizça, ijtimoiy tarmoqlarda şovqin kötarişdan maqsad jinoiy javobgarlikdan qoçişga urinişdir. Nima bölganda ham masalaga prokuratura oydinlik kiritadi.

Asossiz materiallarni örganmasdan ijtimoiy tarmoqdagi kanallariga joylayotganlarga esa eslatib ötamiz: yolğon maʼlumotlarni tarqatganlik uçun qonunda javobgarlik belgilangan”, deyiladi boşqarma xabarida.

×