Elektr taʼminoti korxonasi xodimiga piçoq bilan tahdid qilindi - voqea aslida qanday bölgandi?

Elektr taʼminoti korxonasi xodimiga piçoq bilan tahdid qilindi - voqea aslida qanday bölgandi?

Çirçiq şahrida elektr energiyasi taʼminotida uzilişlar bölganidan norozi bölgan ayol elektr taʼminoti korxonasiga borib, korxona xodimiga piçoq bilan tahdid qildi. Hodisa yuzasidan jinoyat işi qözğatildi.


Toşkent viloyatida bir guruh fuqarolar elektr energiyasi taʼminotida uzilişlar bölganidan norozi bölib elektr taʼminoti korxonasiga borib, janjal kötargan. Uşbu vaqtda bir ayol korxona xodimiga piçoq bilan tahdid qilgani haqida videoxabarlar tarqaldi.

Qayd etilişiça, 16 yanvar kuni Çirçiq şahar Elektr taʼminoti korxonasining dispeçerlik punktida bir guruh aholi elektr energiyasi taʼminotida uzilişlar bölganidan norozilik bildirgan vaqtda, 35 yoşli ayol (V.N.) bezorilik harakatlarini oldini oliş çoralarini körgan Çirçiq şahar elektr taʼminoti korxonasi elektr montyoriga qarşilik körsatgan. Ayol özidagi oşxona piçoği bilan uni öldiriş bilan qörqitib, tahdid qilgan.

Mazkur holat böyiça Çirçiq şahar IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan V.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi (bezorilik harakatlarining oldini oliş çorasini körgan fuqaroga qarşilik körsatib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

×