Namanganda şifokorning közini kör qilgan muştumzör uşlandi

Namanganda şifokorning közini kör qilgan muştumzör uşlandi

Namangan viloyati Uçqörğon tuman şoşilinç tibbiy yordam bölimi jarrohi O.Q.ga bemorning toğasi tomonidan tajovuz qilinib, tiklanib bölmas jarohat yetkazildi, deya xabar bermoqda Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.

2 yanvar kuni soat taxminan 18:30 da Namangan viloyati Uçqörğon tuman şoşilinç tibbiy yordam bölimi bolalar bölimiga ambulator murojaat qilgan bemorga zudlik bilan yordam körsatilgan. Bemor bolaning toğasi, «Farovon» mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi, 1990 yil tuğilgan B.T. muolaja xonasi oldida janjal kötarib turgan paytda tuman şoşilinç tibbiy yordam bölimi bolalar bölimi navbatçi jarrohi, 1960 yil tuğilgan O.Q. uning oldiga borgan.

U B.T.ning qölidan yetaklab, tinçlantirişga harakat qilib, zina oldidagi eşikka olib borgan va taşqariga çiqarib, eşikni yopgan. Vraç orqaga qaytayotgan paytda B.T. eşikni tepib, buzib içkariga kirgan va navbatçi jarrohga qöqqisdan öng közi sohasiga kuçli zarba bergan. Oqibatda O.Q.ning öng köz olmasini posttravmatik yorilişi kuzatilgan.

Uşbu voqea paytida terapiya bölimi navbatçi hamşiralari va xirurgiya post navbatçi hamşirasi öşa yerda bölgan. Şundan söng navbatçi vraçga tan jarohati yetkazgan B.T. voqea joyidan qoçgan. Yolğiz qolgan jabrlanuvçiga terapiya bölimida davolanayotgan bemor D.I qonayotgan sohaga paxta qöyib yordam körsatgan. Bölim navbatçi farroşi reanimatsiya bölimidagi navbatçi vraçlarni çaqirgan.

Jabrlanuvçi boğlov xonasiga olib kirilgan va şoşilinç ravişda okulist Z.Valiyev çaqirilgan hamda «102» navbatçilik qismiga xabar berilgan. Okulist tomonidan bemor körilgan va birlamçi tibbiy yordam berilib, tez yordam aviatsiyaga xabar berilgan. Bemor zudlik bilan Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialiga yetkazilgan.

Bu yerda şifokorlar tomonidan zudlik bilan tekşiruvdan ötkazilib, «Yopiq kalla boş miya jarohati. Öng köz olmasining travmatik katta yorilişi, köz gavharini çiqişi» dastlabki taşxisi bilan yotqizilgan. Şu kunning özida Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan viloyatga tajribali mutaxassislar yuborilgan.

3 yanvar kuni tong soat 5:00 da şoşilinç ravişda Respublika ixtisoslaştirilgan köz kasalliklari şifoxonasi bölim boşliği Muhabbat Ibragimova va bölim şifokori Asqar Husanov tomonidan bemordagi öng köz olmasi şakli buzilişi va yumşoq töqimalar şikastlanişiga birlamçi murakkab xirurgik işlov beriş operatsiyasi ötkazilgan.

«Ayni paytda tajribali şifokorlar tomonidan bemorga malakali tibbiy yordam körsatilmoqda. Biroq, jabrlanuvçi şifokorning közi qayta tiklanmaydigan darajada köriş qobiliyatini yöqotgan», — deya maʼlum qildi Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev.

IIV huzuridagi Tergov departamentidan maʼlum qilişlariça, uşbu holat yuzasidan Uçqörğon tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «b» bandi (öz xizmat yoki fuqarolik burçini bajarişi munosabati bilan şaxsning badaniga qasddan oğir şikast yetkaziş) bilan B.T. gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda uşlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

×