Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Haydar Aliyev qabrini ziyorat qildi

Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Haydar Aliyev qabrini ziyorat qildi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Baku şahriga kelgaç, Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakçisi Haydar Aliyev mangu qönim topgan Faxr xiyoboniga taşrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Şavkat Mirziyoyevga rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva ham hamrohlik qilgan. 

Haydar Aliyevning mustaqil Ozarbayjonni barpo etiş va mustahkamlaş yölidagi xizmatlari beqiyos. Mamlakatning jadal rivojlaniş davri va xalqaro maydondagi nufuzining yuksalişi aynan uning ismi bilan boğliq.

“Qardoş özbek xalqi bilan döstona munosabatlarni mustahkamlaşga doimo alohida eʼtibor qaratgan Haydar Aliyevni yurtimizda yaxşi bilişadi. Özbekistonda uning yuz yillik yubileyi keng nişonlandi. Şu munosabat bilan poçta markalari bosilgan, turli madaniy-maʼrifiy va ilmiy tadbirlar ötkazilgan edi”, deyiladi xabarda. 

Toşkentda Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakçisi nomidagi köça, unga bağişlangan xiyobon va yodgorlik oçilgan.

Şavkat Mirziyoyev buyuk davlat va siyosat arbobi Haydar Aliyev qabriga gul qöyib, xotirasiga hurmat bajo keltirdi.


×