Şavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazov maqbarasini ziyorat qildi

Şavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazov maqbarasini ziyorat qildi

Bugun, 21 sentyabr kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğiston Respublikasiga bordi. Davlat rahbari dastlab Nukus şahridagi "Şorşa baba" qabristoniga borib, Musa Yerniyazov maqbarasini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat etildi.

Musa Yerniyazov köp yillar Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi Raisi lavozimida işlagan. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining örinbosari, Özbekiston Qahramoni bölgan.

Prezident körsatmasiga muvofiq, marhum xotirasiga maqbara barpo etildi. Bugun bu joy obod ziyoratgohlardan biriga aylangan.

Şundan söng, davlatimiz rahbari Qoraqalpoğistonning Bözatov tumaniga yöl oldi.

×