Eronning Kirmon şahrida AQŞ prezidenti Donald Tramp buyruğiga köra öldirilgan general Qosim Sulaymoniyning dafn marosimi bölib ötdi. Bu haqda ISNA agentligiga tayanib, Meduza xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, dafn marosimiga yuzlab odamlar kelgan. Ular jör bölib «Amerikaga ölim!» deya hayqirgan.
Dastlab Sulaymoniyni 7 yanvar kuni dafn etiş rejalaştirilgan. Biroq dafn marosimida yuz bergan tiqilinç oqibatida 56 kişi halok bölgani va yana 200 kişi jabrlangani sababli vidolaşuv marosimi boşqa sanaga qoldirilgan edi.
General Qosim Sulaymoniy 3 yanvar kuni AQŞ aviazarbasi oqibatida halok bölgan edi. Pentagon bayonotiga köra eronlik general AQŞ prezidentining buyruğiga köra öldirilgan — Tramp Sulaymoniyni birinçi raqamli terrorçi deb atagan edi.
Eron Sulaymoniy ölimi uçun öç olişga vaʼda bergan. 8 yanvar kuni Eron Islomiy inqilob muhofizlari korpusi AQŞning Iroqdagi ikkita harbiy bazalariga 10 dan ortiq ballistik raketa uçirgan.
AQŞ Bağdod aeroportiga aviazarba berib, eronlik nufuzli generalni yöq qilgani uçun Iroq parlamenti Amerika qöşinlarining mamlakatdan çiqarib yuborilişi uçun ovoz bergan. Tramp esa amerikalik harbiylar Iroq mamlakatda qurilgan aviabaza uçun pullarni tölamaguniça heç qayerga çiqib ketmasligini aytgan.









