Namanganlik dorifuruş Toşkentda qölga tuşdi

Namanganlik dorifuruş Toşkentda qölga tuşdi

Namanganlik fuqaro öz avtomobilida Toşkent şahrida psirxotrop vositalar bilan qölga tuşdi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.

Yakkasaroy tumani IIO FMBdan kelib tuşgan xabarga asosan, 18 avgust kuni Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan 38 yoşli Namanganlik O.O. boşqaruvidagi Lasetti rusumli avtomobil töxtatilgan. 

Tekşiruv davomida avtomobil salonidan 797 konvalyuta (17.158 ta tabletkalar) “Regapen” kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalari topilgan. Mazkur fakt asosida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1 (Kuçli taʼsir qiluvçi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş) moddasi böyiça jinoiy iş qözğatildi.

×