Toşkentda bankomatdan qalbaki dollarni ayirboşlagan fuqarolar qölga tuşdi

Toşkentda bankomatdan qalbaki dollarni ayirboşlagan fuqarolar qölga tuşdi

Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida qalbaki AQŞ dollarini bankomat orqali sömga ayirboşlagan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti maʼlum qildi. 

Taʼkidlanişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Yaşnobod tuman bölimi tomonidan AITB “Ipak yöli bank” Amaliyot boşqarmasining murojaatiga asosan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan. Unda fuqaro S.F. va boşqalar uşbu bank filialiga tegişli Parkent köçasida joylaşgan bankomat orqali qalbaki 2 000 dollarni sömga ayirboşlab olgani aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

×