Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida tuman hokimligi mansabdorlari pora bilan uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, ötkazilgan tezkor tadbirda Yaşnobod tumani hokimining tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça mahalla fuqarolar yiğinlaridan biridagi yordamçisi öz xizmat mavqeidan foydalangan holda 5 ming AQŞ dollarini olgan paytda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Aniqlanişiça, hokim yordamçisi tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroning köp qavatli uyning 1-qavatidagi turar joy xonadonini noturar joy toifasiga ötkazişga yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali ruxsat olib berişni vaʼda bergan. Tegişli hujjatlarini rasmiylaştirişda kömaklaşiş evaziga 5 ming AQŞ dollari talab qilgan.
Tergovga qadar tekşiruv davomida hokim yordamçisi fuqaroning işini Yaşnobod tuman hokimiyati bölinma rahbari kömagida hal qilişi kerakligi maʼlum bölib, tezkor tadbir davom ettirilgan va uşbu mansabdor şaxs 600 AQŞ dollarini olgan paytda uşlangan.
Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 28-211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan.









