Toşkentda “gaşiş” sotmoqçi bölganlar qölga tuşdi

Toşkentda “gaşiş” sotmoqçi bölganlar qölga tuşdi

Qirğiziston Respublikasi narkosavdogarlaridan sotib olingan giyohvandlik vositalarini Toşkent şahrida pullamoqçi bölganlar qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

DXXga köra, Andijon viloyatining Böston tumanidagi yöl-patrul xizmati maskanida ötkazilayotgan tezkor tadbir çoğida “Andijon – Toşkent” yönalişida harakatlanayotgan Lacetti rusumli avtotransport vositasi tegişli tartibda töxtatilib tekşirilgan. Şunda uni boşqarib ketayotgan, Andijon şahrida yaşovçi haydovçning oldida 2 kilogramm 994 gramm “gaşiş” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning jinoiy şerigi hisoblangan, Ğ.N. ham qölga olingan.

Aniqlanişiça, giyohvandlik vositalari Qirğiziston narkosavdogarlaridan 23 ming dollarga sotib olinib, kontrabanda yöli bilan Özbekistonga keltirilgan va Toşkent şahrida sotiş reja qilingan. 

Hozirda qölga olingan şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Bildirilişiça, ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Teglar:
×