Nogironligi bölgan şaxslarni işga qabul qilganlarga subsidiya beriladi

Nogironligi bölgan şaxslarni işga qabul qilganlarga subsidiya beriladi

Vazirlar Mahkamasining «Nogironligi bölgan şaxslar bandligiga kömaklaşişni rağbatlantirişga oid çora-tadbirlarni amalga oşiriş tartibi töğrisida»gi qaror loyihasi elon qilindi. 

Hujjatga köra, quyidagilarni joriy etiş belgilangan:

- Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan nogironligi bölgan şaxslarni işga qabul qilgan iş beruvçilarga (byudjet taşkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamğarmasi (kapitali)da davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslar bundan mustasno) – har bir xodim uçun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblaş miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya beriş;

- 2022 yil 1 iyuldan boşlab Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan nogironligi bölgan şaxslarning ijtimoiy faolligini oşiriş va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş bilan şuğullanuvçi nodavlat notijorat taşkilotlariga bazaviy hisoblaş miqdorining 200 baravari miqdorida ijtimoiy buyurtma beriş.

Nogironligi bölgan şaxsni işga qabul qilganlik uçun subsidiya oliş maqsadida mahalliy mehnat organiga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qilinadi. Murojaat 3 iş kunida körib çiqiladi.

×