Hokimdan kaltak yeganini aytgan qaşqadaryolik fermer işini viloyat prokuraturasi örganadi

Hokimdan kaltak yeganini aytgan qaşqadaryolik fermer işini viloyat prokuraturasi örganadi

Qamaşi tumani hokimi Şerali Sanayevdan kaltak yeganini aytgan Ziyodulla Jabborov işini viloyat prokuraturasi örganadi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Hokimlik axborot xizmatining xabar berişiça, qamaşilik fermer Ziyodulla Jabborovning hokimdan kaltak yegani aytilgan maqola eʼlon qilingaç, viloyat rahbari Zoir Mirzayev Qamaşi tumanida bölgan va holatni örgangan.

«Uşbu holatga aniqlik kiritiş maqsadida viloyat hokimi Zoir Mirzayev bugun Qamaşi tumanida bölib, vaziyatni örgandi va maqoladagi vajlar asossiz deb topildi. Kerak bölsa, fermer ekspertizadan ötkazilib, holat yolğon ekani aniqlangan taqdirda tegişli tartibda qonuniy jazolanişi taklif etildi. Holat töliq viloyat prokuraturasi tomonidan örganiladigan böldi», — deyiladi hokimlik axborot xizmati tarqatgan xabarda.

Eslatib ötamiz, «Daryo»ga murojaat qilgan fermer hokim Şerali Sanayev uni kaltaklagan paytda voqea joyida tuman prokurori, tuman IIB boşliği, Soliq inspektsiyasi rahbari, hudud profilaktika inspektori hamda yana bir fermer borligini maʼlum qilgandi.

Voqeani tasdiqlagan prokuror Husniddin Bobomurodov hokimning fermerga qöl kötarganini rad etgan bölsa, IIB profilaktika inspektori Ğiyos Ernazarov hamda şaxsi oçiqlanişidan qörqqan yana bir fermer Ziyodulla Jabborovning hokim tomonidan kaltaklanganini tasdiqlagandi.

×