Xonanda J.U.ning işi böyiça dastlab jinoyat işi qözğatişni rad etgan IIB tergovçisining harakatlari prokuratura tomonidan örganilmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Voyaga yetmagan Ş.M.ni majburlab nomusiga tekkanligi holati yuzasidan J.U.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi bilan qözğatilgan jinoyat işi, jinoyat işlar böyiça Kattaqörğon şahar sudida mazmunan körilib, sudning 02.02.2021 yildagi hukmi bilan J.U. va boşqalar aybdor deb topilib, ularga nisbatan sud hukmi bilan tegişli jazolar tayinlandi.
Hozirda uşbu holat böyiça dastlab tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borib, yuz bergan holatda biron-bir şaxsning harakatida jinoyat alomatlari mavjud emasligi haqidagi asos bilan JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat işi qözğatişni rad etiş haqida qaror qabul qilgan Kattaqörğon tuman IIB TB tergovçisining harakatlari böyiça Kattaqörğon şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.









