19 oktyabr kuni Qarşi tumani «Xoniyon» MFYda yaşagan voyaga yetmagan Raxim A. (2004 y.t., 7-sonli maktab öquvçisi) «Qarşi Boş kanali»ning «Daşt» qişloğidan oqib ötuvçi qismidagi köprikdan suvga sakrab, öz joniga qasd qilgan. Bu haqda Özbekiston Boş prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.
Holat yuzasidan işga aloqador 7-sonli umumiy örta taʼlim maktab direktori va işçi-xodimlaridan hamda öquvçilardan tuşuntirişlar olingan.
Aniqlanişiça, öquvçi Raxim A.ning mobil telefonida uyatsiz videolar yozilganligi sababli sinf rahbari tomonidan onasi maktabga çaqirtirilgan. Onasi maktabga kelib, öğliga tanbeh qilganidan söng, Raxim A. maktabdan yugurib çiqib ketib, kanal tomonga ketganligi, sinfdoşlari esa uning orqasidan borişganligi va Raxim A.ni uzoqdan özini kanalga taşlaganini körişgan.
Uşbu kuni voyaga yetmagan Raxim A.ni heç kim urib haqorat qilganligi holati aniqlanmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarşi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tekşiriş davomida Qaşqadaryo viloyati xalq taʼlimi boşqarmasi, Yoşlar ittifoqi viloyat Kengaşi, Qarşi tumani IIB, voyaga yetmaganlar böyiça idoralararo komissiya va fuqarolarni özini-özi boşqariş organlariga xizmat tekşiruvlari tayinlangan.









