26 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda yoş fermer dalasida paxta terayotgan onasi tengi terimçi ayollarni haqoratlayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Fermer ayollarni : “Çmo” bölganingdan keyin paxta terasanda”, deb haqorat qilgan.
Mazkur video tarqalganidan köp ötmay Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati raisining birinçi örinbosari – Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida fermerning topilişi va tegişli jazo olişini şaxsan nazoratga olişini maʼlum qildi, deydi "qalampir.uz".
“Yaramas jazosiz qolmaydi! Bu masala bilan şaxsan şuğullanaman!”, degan Otabek Umarov.
U uşbu postni qoldirilganidan 3 soat ötib esa fermerning keçirim surab turgan videosini joylaştirdi. Videoga quyidagi şarh qoldirilgandi:
“Qöpollik qilgan şaxsning kimligi aniqlandi. Keçirim söraş odilona jazoni taʼminlaşning birinçi qadami, xolos. Tez fursatlarda unga nisbatan qonunda belgilangan çora köriladi.”
Qiziği, mazkur holat qaçon, qayerda yuz bergan, fermerning ism-şarifi nima bu töğrida heç bir rasmiy idora maʼlumot bermadi.









