Test sinovlari paytida ota-onalar va ularning yaqinlari uçun alohida kutiş joylari taşkil qilinmaydi. Bu haqda AOKA huzuridagi ştabda ötkazilgan brifingda Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şoxruh Ğiyosov maʼlum qildi.
30 avgust kunidan boşlab, test hujjatlari Davlat feldʼegerlik xizmatining masʼul xodimlari bilan hamkorlikda belgilangan manzillargaça patrul avtomaşinalari yordamida, zaruriy maxsus vositalar bilan taʼminlangan içki işlar organi xodimlari tomonidan kuzatib boriladi.
Sinovga kelgan har bir abituriyent tekşiruvdan ötkaziladi. Şuning uçun abituriyentlar özlari bilan ortiqça narsalarni olib kelmasliklarini sörab qolamiz. Faqat şaxsini tasdiqlovçi hujjat bölişi kerak. Abituriyentlar suv, qalam, tegişli jihozlar, tibbiy niqob bilan taʼminlanadilar.
Ota-onalar va yaqinlar uçun alohida kutiş joylari taşkil qilinmaydi. Test ötkaziladigan joylarga olib keluvçi avtomobil yöllari kamida 1,5 km radius masofada beton tösiqlar yoki yuk avtotrasporti bilan tösiladi. Uşbu hududlarda harakatlaniş vaqtinça çeklanadi. Fuqarolarni va avtotransport vositalarini töplanişiga yöl qöyilmaydi.
Bularning barçasi zaruriy xavfsizlik çoralari bölib, ularning bajarilişi qatʼiy nazoratga olinadi.
Abituriyentlardan test topşiriş joylariga kamida 1 soat oldin kelişlari talab etiladi. Hozirda mahalliy xokimliklar tomonidan abituriyentlar uçun alohida avtobuslarni taşkil etiş masalasi körilmoqda. Natijasi yuzasidan qöşimça ravişda axborot beriladi.
Qöşimça va özgarişlar haqida rasmiy manbalarda eʼlon qilinib boriladi.









