Bugun, 1 iyul kunidan boşlab yölovçilar mahalliy yönalişlardagi parvozlarga şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarning elektron variantidan foydalangan holda röyxatdan ötişlari mumkin böladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori qabul qilingan.
Unga köra, aeroportda röyxatdan ötişdan oldin yölovçi my.gov.uz sayti/mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi şaxsiy kabinetiga kirib, şaxsiy maʼlumotlar sahifasiga ötadi va elektron şaklda şaxsni tasdiqlovçi hujjatlarni röyxatdan ötiş joyidagi xodimga körsatadi.
Bildirilişiça, faqat my.gov.uz sayti/mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi joriy maʼlumotlar şaxsni tasdiqlovçi hujjat sifatida qabul qilinadi, şuning uçun röyxatdan ötiş paytida şu kabi hujjatlarning nusxalari, fotosuratlari, pasport/ID’ning skanerlangan variantlari yoki şaxsiy maʼlumotlar bölgan veb-sayt sahifasining “skrinşot”lari qabul qilinmaydi.









