Hujjatlar qonuniy çora körilişi uçun Olmazor tumani prokuraturasiga yetkazildi.
Internet tarmoğida yöl-transport hodisasining videoyozuvi tarqaldi, unda Toşkent şahar IIBB xodimi urib yuborilgani aks etgan.
Poytaxt IIBB maʼlumotiga köra, 10 avgust kuni taxminan soat 00:46da Olmazor tumanidagi Sağbon köçasida 46 yoşli Ş.B. Nexia rusumli avtomobilni boşqariş davomida boşqaruvni uddalay olmasdan ikki avtomobilga kelib urilgan.
Taʼkidlanişiça, Nexia şu vaqt YHXB xodimi tomonidan töxtatilgan Lacetti rusumli avtomobil hamda yöl çetida turgan Matiz rusumli avtomobil bilan töqnaşgan.
YTH natijasida Lacetti avtomobili yonida turgan, Toşkent şahar IIBB YHXB YPX inspektori kiçik serjant Ş.Ğ. hamda Nexia rusumli avtomobil haydovçisi badan şikastlari bilan şifoxonaga yetkazilgan.
Hujjatlar qonuniy çora körilişi uçun Olmazor tumani prokuraturasiga yetkazildi, deyiladi xabarda.









