Toşkentning Uçtepa tumanida Lacetti katta tezlikda Nexia-3 bilan töqnaşib, söngra 6 piyodani urib yubordi. Oqibatda ulardan 2 nafari vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatildi.
Toşkentning Uçtepa tumanida Lacetti haydovçisi olti nafar piyodani urib yubordi, ulardan ikki nafari esa vafot etdi, deya xabar bermoqda poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Maʼlum qilinişiça, 4 dekabr kuni taxminan soat 06:15 larda tumanning Farhod köçasi 2-uy röparasida 1996 yilda tuğilgan R. I. Lacetti avtomaşinasini boşqarib ketayotib yöl-transport hodisasini sodir etgan.
Yaʼni, 1982 yilda tuğilgan A. A. boşqaruvidagi Nexia-3 avtomaşinasi bilan töqnaşib, söngra olti nafar piyodani ham urib yuborgan. Şuningdek, yöl çetida harakatsiz turgan 1995 yilda tuğilgan M. V. boşqaruvidagi Matiz rusumli avtomaşina bilan töqnaşgan.

YTH oqibatida Lacetti haydovçisi hamda tört nafar piyoda (N. S., M. U., Yu. Ş., E. M.) turli darajadagi tan jarohatlari bilan Respublika şoşilinç tibbiy yordam markaziga yotqizilgan. Ikki nafar piyoda (Q. X. va G. F.) olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, Lacetti haydovçisi tezlikni meʼyoridan oşirib, rul boşqaruvini yöqotgani YTHga sabab bölgan.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.









