Sirdaryo viloyati hokimi örinbosari qimmatbaho maşina sabab «hayfsan» oldi

Sirdaryo viloyati hokimi örinbosari qimmatbaho maşina sabab «hayfsan» oldi

Tarmoqda Sirdaryo viloyati hokimligi 477 million sömga qimmatbaho avtomobil xarid qilayotgani böyiça xabar tarqalgandi. 

E-qaror  portalidagi hujjatga köra, viloyat hokimligi hamda «Rodell» OAJ örtasida tuzilgan şartnoma bekor qilindi (hamda uşbu şartnomaga asosan «KIA Sorento Comfort» rusumli avtomaşina sotib oliş uçun Rodell OAJ ötkazilgan 477900,0 (tört yuz yetmiş yetti million töqqiz yuz) ming söm mablağ hokimlikning hisob raqamiga qaytarildi. 

Viloyat hokimining 2021 yil dekabr oyidagi farmoyişi bilan viloyat mahalliy byudjeti daromadlarining 3-çorak rejasidan oşirib bajarilgan qismi hisobidan ajratilgan 477900,0 (tört yuz yetmiş yetti million töqqiz yuz) ming söm mablağ «Saxovat va kömak jamğarmasiga» yönaltirildi.

Şuningdek, viloyat mahalliy byudjeti mablağlarini işlatilişini hamda davlat haridlari töğrisidagi talablarni yetarli nazorat qilmaganligi uçun viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi boşliği Karimov Anvar Rasuloviçga nisbatan «hayfsan» intizomiy jazo çorasi qöllanildi.

Viloyat hokimligining rasmiy veb-saytidagi oçiq maʼlumotlarga köra hokimlik balansida 2021 yil dekabr oyi holati böyiça 14 ta xizmat avtomaşinalari mavjud.

×