Koronavirusga qarşi kuraşda yordamlaşiş uçun 40 nafar rossiyalik şifokor Özbekistonga kelyapti

Koronavirusga qarşi kuraşda yordamlaşiş uçun 40 nafar rossiyalik şifokor Özbekistonga kelyapti

Avvalroq, Özbekistonga koronavirusga qarşi kuraşda kömaklaşiş uçun Rossiyadan mutaxassislar kelişi haqida xabar bergan edik.

Soğliqni saqlaş vazirligidagi Koronavirusga qarşi kuraş ştabi aʼzosi Barno Abdusamatova brifing vaqtida maʼlumot berdi.

“Bir guruh rossiyalik mutaxassislar Özbekistonga kelişi kutilyapti. Bu haqda Rossiya Soğliqni saqlaş vaziri Mixail Muraşko Koronavirusga qarşi kuraş böyiça muvofiqlaştiriş kengaşi prezidiumida aytib ötdi.

16 avgust kuni 40 nafar mutaxassis koronavirusga qarşi kuraşda kömaklaşiş uçun kelişlari kutilmoqda. Bir oy davomida ular özbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikda işlaşadi, amaliy-uslubiy yordam berişadi”, dedi Barno Abdusamatova.

Ularning bari COVID-19 taşxisi qöyilgan bemorlarni davolaş malakasiga ega. Guruh tarkibiga anesteziolog-reanimatolog, infektsionist, epidemiolog, terapevt va kardiologlar kirgan.

×