Korruptsiyaga qarşi kuraşda «Xitoy usuli» qöllansa-çi?

Korruptsiyaga qarşi kuraşda «Xitoy usuli» qöllansa-çi?
foto xabar.uz


Keça, 17 iyun kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Özbekiston Boş prokurori örinbosari Erkin Yöldoşev va boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova iştirokida jurnalistlar bilan oçiq muloqot bölib ötdi.

Tadbirda asosiy gap sönggi yillarda korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasida amalga oşirilayotgan işlar xususida böldi. Bu illatga qarşi kuraşişda «Xitoy usulini» (bu davlatda korruptsion jinoyatlar uçun ölim jazosi beriladi) qöllaş xususidagi savolga Erkin Yöldoşev quyidagiça javob berdi:

«Jinoyat qonunçiligiga korruptsion jinoyatlar uçun favqulotda jazo sifatida ölim jazosini belgilaş bilan korruptsiya holatlariga töliq barham berib bölmaydi. Xitoyda qanday jazo berilişi bu şu davlatning içki işi.

Özbekiston Respublikasi Jinoyat qonunçiligi insonparvarlik tamoyili bilan alohida ajralib turadi. Bizning qonunçiligimizda ham ölim jazosi qöllaş bor edi. Qonunlarni qullaşning uzoq yillik tajribasidan kelib çiqib, bunday qatiqqöllik şaxsni kayta tarbiyalaşda yetarliça samara bermadi. Ayrim holatlarda inson huquqlarini tuzatib bölmas darajada paymol etilişiga ham olib kelgani uçun bu amaliyotdan voz keçilgan.

Jazo va boşqa huquqiy taʼsir çoralarida azob beriş yoki inson qadr-qimmatini kamsitiş bölmasligi kerak.

Töğri, örni kelganda qattiqqöllik ham kerak. Korruptsiyani oldini oliş işlarida eʼtiborni qaysi yönalişda kuçaytiriş kerak, qanday qöşimça çoralar köriş zarurligi doimiy tahlil qilinib, qonunga özgarişlar ham kiritilmoqda. Masalan, Özbekiston Respublikasining 14.04.2014 yildagi Qonuni bilan Jinoyat kodeksining pora berganlik (211-modda) va pora oliş-berişda vositaçilik qilganlik (212-modda) uçun jinoiy javobgarlik keskin kuçaytirildi. Yaʼnikim, mazkur jinoyatlar «unça oğir bölmagan jinoyatlar toifasi»dan «öta oğir turdagi jinoyatlar toifasi»ga ötkazilib, 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazolari tayinlanişi közda tutilgan.

Asosiy qoida şuki, ozodlikdan mahrum qilişdek jazo çorasi ham jinoyatlar profilaktikasi jarayonining bir-birini töldiruvçi, özaro boğliq böğinlaridan biri bölib qolişi kerak».

×