Korruptsiyaga qarşi kuraşda yangi uslublar

Bugunga kelib, yurtimizda korruptsiyaga olib keladigan sabab va şart-şaroitlarni bartaraf etişga qaratilgan çora-tadbirlar tizimi yaratildi. 2017 yilda qabul qilingan Özbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisidagi” Qonuni, 2021 yil
6 iyuldagi “Korruptsiyaga qarşi murosasiz munosabatda böliş muhitini yaratiş, davlat va jamiyat boşqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytiriş va bunda jamoatçilik iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident Farmoni bilan esa bu illatga qarşi kuraşişning yangi uslublari amaliyotga joriy qilindi.

Xususan, yuqoridagi hujjatga muvofiq, “Korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topilgan şaxslarning oçiq elektron reyestri” yuritiladi.

Reyestrga kiritilgan şaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:

  • davlat xizmatiga qabul qilinişi va davlat mukofotlari bilan taqdirlanişi;
  • saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodlarining körsatilişi;
  • davlat organlari huzuridagi jamoatçilik kengaşlari hamda idoralararo kollegial organlarning aʼzoligiga kiritilişi;
  • ularning tadbirkorligi davlat xaridlarida va davlat-xususiy şeriklik bitimida iştirokçi (ijroçi) sifatida qatnaşişi;
  • davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan taşkilotlar hamda davlat taʼlim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritişi.

Şuningdek, Farmonga köra, 2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatçilari, davlat uluşi 50 foizdan yuqori taşkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va örinbosarlari, ularning turmuş örtoği va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qiliş tizimi joriy etildi.

Şu bilan birga, “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş faoliyatini samarali taşkil etişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 sentyabrdan davlat organlari va taşkilotlari xodimlari onlayn oçiq tanlov asosida işga qabul qilina boşlandi.

Zaripaxon Qurbonova,
Namangan viloyat maʼmuriy sudining raisi

×