Boş prokuratura korruptsiyaga qarşi kuraşda fuqarolarni hamkorlikka çorlamoqda

Boş prokuratura korruptsiyaga qarşi kuraşda fuqarolarni hamkorlikka çorlamoqda

Boş prokuratura matbuot xizmati xalqqa murojaat bilan çiqarkan, unda şuni maʼlum qilmoqdaki organ korruptsiyaga qarşi doimiy kuraş olib boradi.

“Boş prokuratura keng jamoatçilik eʼtiborini yana bir bor prokuratura organlarida korruptsiyaga qarşi murosasiz va keskin kuraş olib borilayotganiga qaratadi.

Binobarin, Boş prokuratura mamlakatning har bir fuqarosini jamiyatda, xususan prokuratura organlarida korruptsiyani tag-tomiri bilan bartaraf etişda faol hamkorlikka çaqiradi.

Agar prokuratura organlarining biron-bir xodimi faoliyatida korruptsiya bilan boğliq xatti-harakat (yoki harakatsizlik)ni kuzatsangiz, sezsangiz, bu haqda zudlik bilan Boş prokuratura Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasining (71) 202-08-28 raqamli “Işonç telefoni”ga maʼlum qilişingizni söraymiz.

Murojaatçilar haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanişi töliq kafolatlanadi”, – deyildi xabarda.

×