JSST ona sutida koronavirusga qarşi kuraşuvçi antitanaçalar mavjudligini aniqladi. Bu haqda SSV huzuridagi Koronavirusga qarşi kuraş ştabi aʼzosi Barno Abdusamatova maʼlum qildi.
Homilador ayollar bilan birgalikda çaqaloqlarda ham juda minimal foizda koronavirusga çaliniş kuzatilmoqda.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ona koronavirus bilan kasallangan bölsa ham yangi tuğilgan bolani kökrak suti bilan emizişni tavsiya etmoqda. Çunki kökrak sutida juda köp immunomodulinlar va kasallikka qarşi kuraşuvçi antitanaçalar mavjud. Şu bois ona suti bola uçun «birinçi emlaş», vazifasini bajaradi.
Tajribalar körsatişiça, ona suti çaqaloqlarga vaktsinatsiyadek taʼsir qilmoqda. Koronavirus bilan kasallangan onadan tuğilgan çaqaloqlardan 12-24 soat içida va 24 soatdan keyin olingan testlar ularning immunitetida kasallik bilan kuraşiş qobiliyati şakllanganini körsatmoqda









