Saratonga qarşi kuraşuvçi eng arzon mahsulotni bilasizmi?

Saratonga qarşi kuraşuvçi eng arzon mahsulotni bilasizmi?

Bizning kundalik isteʼmol qiladigan mahsulotlarimiz aholi orasida ommalaşgan köplab kasalliklarga eng yaxşi davo bölişi mumkin. Jumladan, kök çoy saraton kasalligining oldini oliş yoki taʼsirini kamaytirişga yordam berişini bilarmidingiz? 

Olimlarning izlanişlariga köra, kök çoy tarkibidagi polifenollar terini saratondan himoya qilişga yordam beradi. Şuningdek, uşbu içimlik baʼzi teri muammolarini yengişga kömaklaşadi. Kök çoy içgan odam boşqalarga qaraganda kamroq toşmalardan aziyat çekadi.

Olimlar, şuningdek, içimlik tarkibidagi polifenollar va boşqa biologik faol birikmalar saratonning köplab turlaridan himoya qilişini isbotladi. Kökrak saratoni, kolorektal saraton, jigar saratoni, tuxumdon saratoni, prostata saratoni, oğiz saratoni hamda teri saratoni, şular jumlasidandir. 

“Tadqiqotçilar, şuningdek, polifenollar saraton hujayralarini öldirişga yordam beradi va soğlom hujayralarni saratonga olib keladigan mutatsiyalardan himoya qiladi”, deydi parhez böyiça mutaxassis Ketrin Bruking.

Kök çoy va saraton kasalligi böyiça 5000 dan ortiq tadqiqotlar, jumladan, inson klinik sinovlari, aholini örganiş va laboratoriya tahlillari naşr etilgan. Xususan, “Journal of Medicinal Food” jurnalida çop etilgan klinik tadqiqotga köra, har kuni kök çoy ekstrakti va L-theanine qöşimçasini isteʼmol qilgan iştirokçilar xotiraning mustahkamlanişi, diqqatlilikning ortişi va dunyoga ijobiy qaraş kabi ijobiy taʼsirlarni sezgani aytilgan. 

“Kök çoy tarkibida L-theanine aminokislotasi mavjud bölib, u diqqatni maʼlum bir vazifaga qaratişga yordam beradi. Bu qahva örnini bosuvçi ajoyib vositadir”, deydi diyetolog Sara Kauşik.

Kök çoyning boşqa kasalliklar uçun ham foydalari bor. Jumladan, u qondagi şakar miqdorini kamaytirişga yordam beradi va şu bilan birga 2-darajali diabet kasalligining oldini oladi. Şuningdek, kök çoy yurak kasalliklarida ham yaxşigina malham böladi. 

“Yurak salomatligi haqida gap ketganda, kök çoy haqiqiy "super yulduz"dir. Içimlik tarkibidagi polifenollar xolesterin darajasini oşiradi. Bu yurak-qon tomir salomatligining asoslaridan biri hisoblanadi”, deydi ovqatlaniş böyiça mutaxassis Lissi Lakatos.

Bundan taşqari, Yaponiyada ötkazilgan tadqiqotga köra, kuniga beş finjondan köproq kök çoy içiş yurak xuruji yoki insultni boşdan keçiriş xavfini 26 foizga kamaytiradi.

L-theanine şuningdek, taşvişni kamaytirişi mumkin. Buning natijasida ruhiy salomatlik yaxşilanadi va stress "yumşaydi". Şu sababli ham sizlarga kök çoyni köproq içişni tavsiya qilamiz.


×