Qora murç tarkibida bölgan piperin moddasi – SARS-CoV-2ning köpayişi va inson organizmiga kirib borişga javob beradigan qismlarining faolligiga tösqinlik qilişi mumkin. Bunday xulosaga Hindiston Texnologiya Instituti olimlari kelişdi.
Tadqiqotçilar 30 ta ziravorning virus bilan özaro taʼsirini örganişdi va kompyuter modellaştiriş yordamida ularning hammasi u yoki bu darajada protein S bilan (virusning xujayra retseptorlari bilan birikişiga yordam beradi) va asosiy proteaz (virusning köpayişi uçun javob beradi) bilan boğlanişini aniqladilar, ammo eng faoli piperin. Bu modda qora murçda uçraydi va uning ötkir taʼmi va xuşböyligiga javob beradi.
"Izvestiya" naşri xabar berişiça, rossiyalik olimlar bu mexanizm nafaqat kompyuter modelida, balki real hayotda ham işlaşi mumkinligini taʼkidlamoqda. Buning uçun tajribalar ötkaziş kerak böladi. Mutaxassislar “qora murç immunitetni kötaradi, şamollaş va virusga qarşi vosita böla oladi”, deb taʼkidladi.
"Köp jihatdan murç tarkibidagi birikmalarning virusli zarralar va bakteriyalar bilan töğridan-töğri özaro taʼsiri bilan emas, balki organizmning himoya xususiyatlarining kuçayişi bilan boğliq", - deydi Lobaçevskiy universiteti Biologiya va biomeditsina instituti direktori Mariya Vedunova.
Olimlar oşqozon-içak trakti, gipertoniya va allergiya bilan boğliq muammolari bölgan bemorlarga bu ziravorni tavsiya qilmaydi.









