Korruptsiyaga qarşi kuraşuvçi taşkilot rahbari pora bilan uşlandi (video)

Korruptsiyaga qarşi kuraşuvçi taşkilot rahbari pora bilan uşlandi (video)

Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi «Korruptsiyaga qarşi xalq harakati» jamoat birlaşmasi direktorini pora olayotgan vaqtida jinoyat ustida uşladi. Bu haqda Qömita matbuot markazi xabar bergan.

Qayd etilişiça, mazkur uyuşma rahbari Almazbek Kanquliyev bölib, u mahalliy qişloqlarning biri rahbaridan uning moliyaviy faoliyatini tekşirişni töxtatiş evaziga pul undirmoqçi bölgan.

Almazbek Kanquliyev öz maqomidan foydalanib, huquqni muhofaza qiluvçi organlardagi aloqa niqobi ostida vaqti-vaqti bilan davlat muassasalari va mahalliy özini özi boşqariş organlaridan byudjet mablağlarining sarflanişi töğrisidagi hamda boşqa manfaatdor maʼlumotlarni sörab turgan. U öz sörovlarini bajarişdan boş tortgan taşkilot va idoralarni tekşiruv ötkaziş bilan qörqitib, prokuratura va Hisob palatasiga arizalar kiritiş orqali tizimli ravişda pul undirib kelgan.

Video Player



Bundan taşqari, Kanquliyev pudratçilarga hamkorlikni taklif qilib, tenderlarda ijobiy qaror qabul qilişni vaʼda qilgan va buning uçun eʼlon qilingan tender summasining 10 foizini talab qilgan. Rad etilgan taqdirda, ularning taşkilotida audit ötkazişga harakat qiliş bilan tahdid qilgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Qirğiziston JKning 208-moddasi (Pora oliş) böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Almazbek Kanquliyevga nisbatan esa qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.


×