Imom-noib sifatida qilgan maʼruzalar va darslari bilan özbekzabon internetda maşhur bölgan Qozoğistonning Sayram tumanidan Maʼmurjon Xaytmetov ozodlikka çiqdi.
12 avgust kuni Jinoyat işlari böyiça Sayram tumani sudi Maʼmurjon Xaytmetovga ikki yil şartli qamoq jazosi belgiladi. Onlayn ravişda bölgan mahkama jarayoni yakunlangaç, ulamo ozod bölib yaqinlari bilan uyiga ketgan.
Maʼmurjon Xaytmetov öziga qöyilgan ayblovlarni qisman tan olgan.
Xaytmetov 17 iyun kuni Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi (MXQ) tomonidan hibsga olingandi.
Bi-bi-si manbasining aytişiça, Xaytmetovga bundan 6 yil oldin nasroniylar dini haqida qilgan maʼruzasi böyiça, «diniy adovat qözğaş» aybi qöyilgan.









