Otabek Nuritdinov taxallusi ostida tanilgan andijonlik bloger Abdufatto Nuritdinov 14 yanvar kuni keçqurun ozodlikka çiqdi. Bu haqda «Gazeta.uz» blogerning advokati Umidbek Davlatovga tayanib xabar bermoqda. Advokatning sözlariga köra, bloger dastlab yangi tuğilgan öğli va rafiqasini köriş uçun tuğruqxonaga borgan.
2019 yilning 30 dekabr kuni Asaka tumani hokimi Erkinjon Yoqubov, tumandagi 39-maktab direktori Muhayyo Isoqova, Andijon viloyat Xalq taʼlimi boşqarmasi boşliği Furqat Buzrukov, şuningdek, «Suvoqova» korxonasining tuman bölimi rahbari Bahodir Qahhorov bloger ustidan şikoyat qilgan edi.
Arizalar şu kunning özida içki işlar organlari tomonidan körib çiqilib, iş qözğatilgan, tergov ötkazilgan va iş sudga oşirilgan edi. Andijon viloyati maʼmuriy sudi Abdufatto Nuritdinovni tuhmat, haqorat va mayda bezorilikda aybdor deb topgan hamda unga 15 kunlik qamoq jazosini tayinlagan edi.
Sudda Abdufatto Nuritdinov öziga qöyilgan ayblovni tan olmagan hamda öz şaxsiy fikri haqorat qiluvçi va davlat organlari vakillari şaʼnini toptovçi emas, deb hisoblaşini aytgan. Şuningdek, bloger 30 dekabr kuni heç kimni haqorat qilmaganini ham taʼkidlagan edi.
4 yanvar kuni Andijon viloyati maʼmuroy sudining kassatsiya instantsiyasi blogerning şikoyatini rad etgan va 30 dekabrdagi qaror özgarişsiz qoldirilgan edi. Andijonlik bloger işiga munosabat bildirarkan, AOKA rahbari Komil Allamjonov tuhmat va haqorat uçun qamoq jazosini imkon qadar tezroq bekor qiliş zarurligini taʼkidlagandi.
Bloger öz postlarida asosan Asaka şahridagi mansabdorlar faoliyatidagi ehtimoliy korrupsion faktlar, byudjet mablağlarini öğirlaş va talon-toroj qiliş holatlari haqida yozgan.









