Sud hukmi bilan joriy yilning iyul oyida 8 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Odilxon qori Ismoilov ozodlikka çiqdi. Bu haqda uning yaqinlari QALAMPIR.UZ’ga maʼlum qildi.
Manbaning bildirişiça, bugun, 12 oktyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Namangan viloyati sudida Odilxon Ismoilovga oid iş apellyatsiya tartibida körib çiqilgan. Sud hukmi bilan Ismoilov sud zalidan ozodlikka çiqarilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning iyul oyida Jinoyat işlari böyiça Pop tuman sudida “Rayxon oilaviy milliy taomlari” taʼsisçisi, muqaddam sudlanmagan Odilxon qori Ismoilov va boşqalarga oid jinoyat işi körib çiqilgan.
Sud hukmiga köra 7 nafar sudlanuvçi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a” bandi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi, 227-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallaş, nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş yoki ularni yaşiriş) 2-qismi “a” bandi va 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Odilxon qori Ismoilovga 8 yil (Jinoyat kodeksining 62-moddasiga (uşlab turiş, qamoqqa oliş yoki uy qamoği vaqtini hisobga oliş qoidalari) asosan 7 yil 11 oy 28 kun) muddatga, qolgan 6 nafar sudlanuvçiga jinoiy xatti-harakatlaridan kelib çiqib turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qiliş jazolari tayinlangan.
U köp yillar davomida Toşkent şahridagi bir neçta yirik masjidlarda, jumladan, Şayxontohur tumani boş imom-xatibi va "Kökça" (Şayx Zayniddin) masjidi imomi sifatida işlagan.









