Koreya Respublikasida vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş jarayonida korxonasidan mehnat taʼtili hamda iş almaştiriş taʼtili olib Özbekistonga qaytgan va 4 yil 10 oy bir korxonada işlab qayta şartnoma bilan kelgan, Eps-topik test imtihonidan ötgan va şartnomasi kelgan fuqarolar diqqatiga
Hurmatli fuqarolar sir emaski, pandemiya davrida butun dunyo aholisi qiyin kunlarni boşdan keçirmoqda, kimdir ota-onasi, yana kimdir yaqinlari va döstlaridan ayrilmoqda.
Bunday oğir kunlar tez orada ötib ketib, tinç va osoyişta hayotga qaytişimizni tilab, barçangizga karantin qoidalariga rioya qilişingiz hamda öz salomatligingizga beeʼtibor bölmasligingizni sörab qolamiz.
Bugungi kunda pandemiya bölişiga qaramay Koreya Respublikasiga vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşiriş orqali oilasi va Vataniga oz bölsa ham halol mehnati bilan foyda keltirayotgan va bu maqsadni amalga oşiriş niyatida bölgan fuqarolarimiz ançagina topiladi.
Şu kunlarda kimdir koreys tili böyiça test imtihonlaridan ötiş uçun koreys tilini örganmoqda. Kimningdir şartnoma loyihasi kelgan, yana kimlardir Koreya Respublikasidan qayta şartnoma bilan yoki taʼtilga kelgan va pandemiya sababli bugungi kunga qadar Janubiy Koreyaga mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun ketiş imkoniyati hozirça mavjud emas.
Mana şunday murakkab şaroitda Koreya Respublikasiga işga jönatiş yoki Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda tegişli vazirliklarda işlaşini, şu sohada taniş-bilişi borligi, Sizga mehnat şartnomasini çiqartirib berişi, şartnoma loyihasi kelganlarni Koreya Respublikasiga ketişini tezlaştiriş, Agentlikka tölanişi lozim bölgan tölovlarni zudlik bilan uçinçi şaxslar orqali tölanişi lozimligi, aks holda Koreyaga keta olmasligi kabi yolğon maʼlumot beriş, koreys tili test imtihonlaridan ötkazib beriş kabi asossiz vaʼdalarni berib, fuqarolarning işonçiga kirib noqonuniy yöl bilan pul topiş kabi illatni öziga kasb qilib olgan firibgarlik holatlariga duç kelsangiz, zudlik bilan Agentlikning (71) 202-33-55 yoki IIV (1102), Boş prokuratura (1007) işonç telefonlariga murojaat qilişingizni söraymiz.









