Örindiq ostiga yaşirilgan xotira kartalari foş etildi

Örindiq ostiga yaşirilgan xotira kartalari foş etildi

Bojxona xodimlari respublikamizga telefon xotira kartalarini noqonuniy olib kirişga bölgan urinişni foş qilişdi.

Namangan viloyati bojxona boşqarmasi “Pop” çegara bojxona posti xodimlari tomonidan qöşni davlatdan kirib kelgan fuqaro O.X. boşqaruvidagi “Opel astra” rusumli avtotransport vositasi bojxona körigidan ötkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, uning orka örindiği hamda yukxona qismiga yaşirilgan, yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan va oğzaki sörovda maʼlum qilinmagan, qiymati 8,5 million sömlik 350 dona turli ölçamdagi telefon xotira kartalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekşiruvlari davom ettirilmoqda.

×