Namangan viloyati bojxona boşqarmasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda Yangiqörğon tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida tuman hududida harakatlangan fuqaro T.B. boşqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomaşinani töxtatib belgilangan tartibda közdan keçirişdi.
Davlat bojxona qömitasi matbuot xizmati xabariga köra, uşbu avtomaşinada tegişli hujjatlari bölmagan, xorijda işlab çiqarilgan, sifati kafolatlanmagan 11 turdagi 5997 quti tibbiyot dori vositalari borligi aniqlandi.
Şundan söng tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro T.B.ga tegişli yana bir «Kobalt» avtomaşinasi Yangiqörğon tumani Qizilyozi MFY hududida belgilangan tartibda közdan keçirilganida avtomaşina salonidan xorijda işlab çiqarilgan heç qanday hujjatlari bölmagan 18 turdagi 4922 quti dorilar borligi aniqlandi.
Mazkur tezkor tadbir davomida fuqaro T.B.ga tegişli bölgan jami 516 million sömlik tibbiyot dori vositalari aşyoviy dalil sifatida vaqtinça saqlovga olingan.
Hozirda uşbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.









