Avvalroq, buyuk davlat va siyosat arbobi, Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimov suratlari jamlanmasi kitob-albom şaklida çop etilgani, keça, 28 yanvar kuni uşbu kitob-albom taqdimoti va fotosuratlar namoyişi ötkazilgani haqida xabar berilgan edi.
Mazkur kitob Birinçi Prezidentning şaxsiy fotografi, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Farhod Qurbonboyev va fotorassom Temur Qurbonboyevning suratlari asosida yaratilgan.
Fotosuratlar Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimovning Prezidentlik davrlari, davlat boşqaruvidagi faoliyati va şaxsiy hayotidan hikoya qiladi.
Uşbu suratda Islom Karimovning turmuş örtoği Tatyana Akbarovna Karimova bilan oilaviy suratlarini köriş mumkin. Suratlar orasida nabiralari – Gulnora Karimovaning öğli Islom va qizi Imon, Lola Karimovaning qizi Maryam bilan suratlar bor. Biroq, Islom Karimovning oilaviy suratlari jamlanmasidan qizlari Gulnora va Lola bilan suratlari örin olmagan.
Bungaça, yaʼni Islom Karimov hayotlik davrida u haqida çop etilgan kitob-albomlardan oilaviy suratlar, jumladan qizlari Gulnora Karimova va Lola Karimova-Tillyayeva, nabiralari bilan tuşilgan suratlar ham örin olgandi.
Maʼlumki, Karimovlar oilasining tönğiç qizi Gulnora Karimova 2013 yildan buyon jinoyatlari uçun javob bermoqda. U ayni vaqtda hibsda. Oilaning kenjasi Lola Karimova-Tillyayeva esa turmuş örtoği Timur Tillyayev va farzandlari bilan AQŞga köçib ötgan. Gulnora Karimovaning farzandlari Islom va Imon esa ayni vaqtda Londonda tahsil olmoqda. Karimovlar oilasidan faqat Tatyana Karimova Özbekistonda istiqomat qilmoqda. U Islom Karimov xotirasini abadiylaştiriş va Karimov nomidagi Respublikasi jamoat fondi faoliyatini yuritişda boş-qoş.
Eslatib ötamiz, kitob-albomga 300 dan ortiq fotosuratlar kiritilgan bölib, suratlar “Toşkent foto uyi”da namoyişga qöyilgan, deya xabar berdi "qalampir.uz".









