Pensionerlarga tarqatilgan «Humo» kartalari «Uzcard»ga almaştirib beriladi

Pensionerlarga tarqatilgan «Humo» kartalari «Uzcard»ga almaştirib beriladi

May oyida pensionerlarga berilgan "Humo" plastik kartalari "Uzcard" plastik kartalariga almaştirib beriladi. Bu haqda "platforma.uz" telegram kanali yozmoqda.

Kanalimizda pandemiya şaroiti tufayli pensionerlar pullari plastik kartoçkalar orqali berişga ötilgani yaxşi bölgani, ammo işlaşida juda katta muammo mavjud böla turib «Humo» tölov tizimi kartalari öylamay-netmay aholiga yoppasiga «tiqiştirilgan»ini tanqid qilib yozgandik. Çunki bu tizim hali «xom» ekani şu sönggi uç kun içida yaqqol bilindi. Odamlar öz pullaridan foydalanolmay qiynaldi, asabi buzildi. «Humo» bankomatlari işlamagani sabab, köpçilik naqd pul oliş uçun banklarga borişga majbur böldi. Natijada moliya muassasalari oldida ajiotaj yuzaga keldi. Şuning uçun ham yozdikki, tayyor «Uzcard» tizimi işlab turganda uning monopoliyasini çeklaş uçun aynan hozir, sinovli kunlarni tanlaş, «Humo»ga ötiş şartmidi deb.

Vaziyatni, nihoyat, mutasaddilar ham anglagan körinadi. Bizga yaqin manbalarning aytişiça, 20 may sanasidan boşlab pensiya va nafaqa oluvçilarning «Humo» plastik kartalari töliq «Uzcard» plastik kartalariga almaştirib berilar ekan. Buning uçun heç qanday tölov olinmaydi va kartalar pensionerlarning uyiga yetkazib beriladi,

deyiladi manbada.

×