"9 may xotira va qadrlaş kuni" mavzusida yoşlar bilan uçraşuv ötkazildi

"9 may xotira va qadrlaş kuni" mavzusida yoşlar bilan uçraşuv ötkazildi

2021 yilning 4 may kuni Namangan yuridik texnikumida Namangan viloyat sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati raisi A.Safayev “9 may xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan Uluğ Vatan uruşi qaxramoni general Sobir Raximovning hayot yöli va qaxramonliklari” mavzusida talabalar bilan oçiq muloqot ötkazdi.


Mamlakatimizda 9 may xotira va qadrlaş kuni har yil keng nişonlanadi. Özbek halki 2-jahon uruşida faşistlar bilan jang qiliş uçun 1.500.000 oşiq oşiq özining mard öğlonlarini yubordi. Ularning 400 mingga yaqini uruşda halok böldi, 265 mingga yaqini esa bedarak yöqoldi. Köplab özbek jangçilari Vatanimizning yuksak unvonlari, orden va medallari bilan taqdirlandilar.
Sobir Umaroviç Rahimov 1902 yilning 25 yanvar kuni Toşkentda tuğilgan. U 8 yoşga tölganida otasi vafot etadi. S.Rahimov şundan söng tirikçilik uçun turli yumuşlarni bajarib yuradi. Sovet huqumatida davriga kelib maktabda taqsil oladi. Keyin u Toşkentdagi fabrikada işçi bölib işlaydi. Yoşligidan harbiy bölişga bölgan iştiyoqi orqasidan u Boku şahridagi xarbiy bilim yurtiga öyişga kirib, öqişni 1925 yilda muvaffaqiyatli tamomlaydi.

1930 yilda esa u komandirlar uçun maxsus öquv-taktik kurslarni tamomlaydi. Şu yildan boşlab S.Rahimov Örta Osiyo xarbiy okrugi 19-diviziyasining 41-çi toğ-kavaleriya polkida pulemyot eskadroni komandiri, polk ştabi boşliği yordamçisi, polk maktabi boşliği lavozimlarida xizmat qiladi. 1936 yilning noyabr oyidan boşlab Samarqand şahrida joylaşgan 42-özbek kavaleriya polkida ştab boşliği lavozimida xizmat qiladi.


1938 yilning iyul oyida nohaq qilingan tuhmat va böxton orqasidan NKVD organlari tomonidan qamoqqa olinadi. Ammo 1940 yilning oktyabr oyida qamoqdan ozod qilinib armiya safiga xizmatga qayta tiklanadi va Örta Osiyo xarbiy okrugi 9-tank diviziyasining 9-çi moto-öqçi polki komandir örinbosari lavozimida xizmat qiladi.
Uluğ Vatan uruşi boşlanganida S.Rahimov mayor unvonida ilk bora 1941 yilning 21 iyul kuni Smolensk şahri ostonalarida nemis-faşist bosqinçilariga qarşi jangga kirişadi. S.Rahimov 1941 yilning 1 avgust kuni oğir janglarda qattiq jarohat oladi. U xarbiy gospitalda daʼvolanib çiqqanidan keyin 1941 yil 31 oktyabr kuni 1149-öqçi polkiga komandir lavozimida tayinlanadi. S.Rahimov polk komandiri lavomida özini xarbiy bilimga va amaliy tajribaga ega yetuk komandir sifatida namoyon qiladi. U Rostov-Don şahrini faşistlar ozod qilişda faol iştirok etadi va 1941 yil 28 noyabr kuni uning polki birinçilardan bölib Rostov-Don şahriga kiradi.

Uşbu qaxramonligi uçun S.Rahimov “Qizil yulduz” ordeni bilan mukofotlanadi. Keyinçalik u Janubiy front tarkibidagi qöşinlarda Taganrog şahri uçun janglarda qatnaşadi. 1942 yilning may oyida unga podpolkovnik unvoni beriladi. U Donbass himoya operatsiyasida 353-öqçi diviziya komandiri örinbosari lavozimiga tayinlanadi. S.Rahimov 1942 yil 1 avgust kuni Şimoliy-Kavkaz fronti, 18-armiya 395-öqçi diviziya komandiri lavozimiga tayinlanadi va Kavkaz uçun bölgan janglarda qatnaşadi va yana bir marta yarador böladi. Unga polkovnik xarbiy unvoni beriladi. S.Rahimov komandirlik qilgan diviziya 1943 yilning qiş va bahor oylarida Kavkazdagi va Krasnodar ölkasida hujumlarni natijali amalga oşirgani va faşistlarni quvib çiqargani uçun u ikkinçi marta “Qizil yulduz” ordeni hamda “2-darajali Suvorov” ordeni bilan taqdirlanadi. 1943 yilning 19 mart kuni S.Rahimovga general-mayor unvoni beriladi.

Keyinçalik S.Rahimov kömondonlik buyruği bilan 1 yilga Moskva şahridagi Oliy xarbiy akademiyaga öqişga yuboriladi. S.Rahimov akademiyada öqişni tamomlagaç 1944 yilning sentyabr oyidan boşlab diviziya komandiri lavozimida 2-Belorussiyada fronti tarkibida Şarqiy Prussiya uçun janglarda iştirok etadi. 1945 yilning yanvar-fevral oylarida S.Rahimov diviziyasi Graudents (Polşa) şahrini faşistlardan ozod qiladi.

Sovet qöşinlarining Şarqiy-Pomeraniya xujum operatsiyasida 65-armiya tarkibidagi diviziyaga komandirlik qilgan S.Rahimov Dantsig şahri uçun janglarda 26 mart kuni Ğalabaga 43 kun qolganida jangda qaxramonlarça halok böladi. Ölimidan söng unga 1965 yil 6 may kuni “Sovet Ittifoqi qaxramoni” unvoni beriladi.

×