Özbekiston jahon bozorida oltin narxining oşişidan foyda kördi

Özbekiston jahon bozorida oltin narxining oşişidan foyda kördi

2020 yilning dastlabki olti oyida resurs soliqlari va mol-mulk soliği böyiça tuşumlarning umumiy hajmi 2019 yilning şu davriga nisbatan 0,5 trillion sömga oşib, 9,7 trillion sömni taşkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar berdi.

Resurs soliqlaridan qöşimça tuşumlarning asosiy qismi yer qaʼridan foydalanganlik uçun soliqqa töğri kelgan. 2020 yilning I yarim yilligida yer qaʼridan foydalanganlik uçun soliq tuşumlari 2019 yilning I yarim yillikdagi tuşumlar bilan soliştirganda 0,8 trillion sömga köpaygan va quyidagilar hisobiga 7,6 trillion sömni taşkil etgan:

  • qimmatbaho metallar bozorida oltinning narxi 2019 yilning I yarim yilligiga nisbatan örtaça 26 foizga ösişi. Toğ-kon korxonalaridan uşbu soliq böyiça qöşimça tuşumlar 5,5 trillion sömni taşkil qildi;
  • qatʼiy miqdorlarda belgilangan soliq stavkalarini 15 foizga indeksatsiya qilinişi va foydali qazilmalarning ayrim turlari uçun, qatʼiy belgilangan miqdorlardan kam bölmagan miqdorda tölanişini közda tutuvçi stavkalardan kelib çiqib tölanişini joriy qilinişi. Qöşimça daromadlar qariyb 0,08 trillion sömni taşkil qilgan.

2020 yil dastlabki olti oyida Özbekiston Davlat byudjeti daromadlari 58,2 trillion sömni taşkil etgan yoki ötgan yil mos davriga nisbatan 7,5 trillion sömga köp mablağlar undirilgan.

Avvalroq oltin zaxirasi Özbekistonga pandemiya vaqtida «jon saqlaş»ga imkon berayotgani töğrisida xabar berilgandi. May oyining boşida Özbekiston Markaziy banki 2020 yil uçun yangilangan prognozini eʼlon qilgandi. Unda köplab pessimistik prognozlar bilan bir qatorda, oltin borasida ijobiy taxminlar keltirilgan edi. Iyul oxirlarida Özbekiston oltin-valyuta zaxiralari hajmi ilk bor 32 milliard dollardan oşgan.

×