Un narxining oşişiga Özbekiston sababçi – qirğizistonlik deputat

Un narxining oşişiga Özbekiston sababçi – qirğizistonlik deputat

Qirğiziston Jogorku Keneşi deputati Jusupbek Korgonbay uulu mamlakatda un narxining kötarilişiga Özbekiston sababçi ekanini aytdi. Bu haqda “24kg” xabar berdi. 

Maʼlum qilinişiça, keça, 19 sentyabr kuni poytaxt Bişkek şahrida konstitutsiyaviy qonunçilik, davlat tuzilişi, sud-huquq masalalari va Jogorku Keneş reglamenti qömitasi majlisi bölib ötgan. Unda deputat Jusupbek Korgonbay uulu un narxining oşib borayotgani ayrim qonunçilik masalalaridan köra muhimroqligini aytgan. 

“Non 35-40 somga qimmatlaşdi. Nega buni nazorat qilmaysiz? Un masalasi bayroq va gerbdan muhimroq. Özbekistonga un eksport qilinadi. Özimizda esa omborlar böş. Bu masala bilan ham şuğullaning”, degan deputat.

Monopoliyaga qarşi tartibga soliş xizmati raisi örinbosari Oybek Mamiraliyev bunga javoban import qilinadigan tovarlar narxi oşganini aytgan. U buni Qozoğistondan yetkazib berilayotgan un miqdorining kamaygani va qozoğistonlik tadbirkorlar Qirğiziston tomoniga yetarliça mahsulot jönatmayotgani bilan izohlagan.

“Biz agrar davlatmiz. Nega özimizni non bilan taʼminlay olmaymiz. Bizning yerlarimiz yöqmi?” deya eʼtiroz bildirgan Korgonbay uulu.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 10 avgust kuni Qozoğiston Taşqi savdo siyosati böyiça idoralararo komissiyasi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan buğdoyni avtomobil yöli bilan olib kirişga qöyilgan taqiqni yana olti oyga uzaytirgan edi. Buning ortidan köplab MDH mamlakatlari, xususan Özbekistonda ham un narxi sezilarli darajada qimmatlagandi.


×