Özbekiston xalqaro zaxiralarining 87 foizi oltindan iborat bölib, uşbu yuqori kontsentratsiya oltin narxlarining keskin pasayişi xavfini oşiradi. Bu haqda xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings maʼlum qildi.
Fitch’ning Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarining oltin-valyuta hamda suveren taşqi buferlariga bağişlangan tahliliga köra, 2026 yil birinçi yarmi yakunida Özbekiston xalqaro zaxiralarida oltinning uluşi 87 foizni taşkil qilgan. Bu dunyodagi eng yuqori körsatkiç bölsa, Qirğizistonda oltinning zaxiralardagi uluşi 80 foizga yetgan.
Agentlik tahlilçilari oltin zaxiralarining köpayişi taşqi şoklarga qarşi himoya buferini kuçaytirişga xizmat qilişini, biroq oltin narxlarining yuqori özgaruvçanligi şaroitida bu holat ayrim xavflarni ham keltirib çiqarişini taʼkidlagan.
“Oltin narxlari sezilarli darajada pasaygan stsenariy mintaqadagi ayrim mamlakatlarga, xususan, zaxiralarining asosiy qismi oltinda saqlanadigan Qirğiziston va Özbekistonga sezilarli taʼsir körsatişi mumkin. Biroq buning özi mamlakatlarning kredit reytinglariga nisbatan salbiy qaror qabul qilinişiga olib kelişi ehtimoli past”, deyiladi Fitch tahlilida.
Fitch maʼlumotlariga köra, oltin narxining ösişi mintaqadagi oltin qazib oluvçi mamlakatlarning taşqi balanslarini yaxşilagan. Jumladan, Özbekistonda joriy operatsiyalar hisobining taqçilligi 2023 yildagi YAIMning 7,3 foizidan 2025 yilda 3,9 foizigaça qisqargan. Bunda oltin eksportining dollar hisobida 20 foizga ösişi ham muhim omil bölgan.
Mintaqa böyiça zaxiralarning joriy taşqi tölovlarni qoplaş darajasi ikki yildan sal köproq vaqt içida örtaça 50 foizga oşgan. Agentlikning qayd etişiça, 2011–2025 yillarda dunyoda oltin qazib oliş hajmi yiliga örtaça 2 foizga ösgan. Eng yuqori ösiş Markaziy Osiyoda qayd etilgan – yiliga örtaça 4,7 foiz.
Özbekistonda oltin işlab çiqariş 2024 yilda 8 foizga oşib, 129 tonnaga yetgan. Bu 2010 yildagi körsatkiçdan 2,9 barobar yuqori bölgan, biroq 2025 yilda işlab çiqariş 3 foizga kamaygan.
Fitch’ga köra, 2024–2026 yillarda Özbekiston oltin zaxiralarining qiymati ikki barobar oşgan. Biroq uşbu ösişning 91 foizi oltin narxining kötarilişi hisobiga töğri kelgan, oltin zaxiralari hajmi esa sezilarli darajada oşmagan.
Agentlik Özbekiston iqtisodiyotida oltinning ahamiyati yuqori ekanini ham taʼkidlagan. Mamlakatda oltin qazib oliş YAIMning 7 foizdan ortiğini va eksportning 40 foizidan köpini taşkil qiladi.
Fitch şuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlarining markaziy banklari mamlakat hududida qazib olingan oltinni xarid qilişda ustuvor huquqqa ega ekanini qayd etgan.









