UzAuto Motors imtiyozlar ortidan katta foyda kördi

UzAuto Motors imtiyozlar ortidan katta foyda kördi

UzAuto Motors kompaniyasi soliq-bojxona imtiyoz va preferentsiyalari evaziga 2021 yilning 6 oyi davomida 1,9 trln. söm (177,6 mln. dollar) miqdorida foyda körgan.

Gazeta.uz xabariga köra, Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan, UzAuto Motors bojxona imtiyozlaridan 1,64 trln. söm, qöşimça qiymat soliği qöşilişidan 255,6 mlrd. söm, aktsiz soliğini tölamaslik ortidan 356,7 mln. söm miqdorida foyda körgan.

Birinçi çorakning özida esa xuddi şunday imtiyozlar ortidan UzAuto Motors 747,9 mlrd. söm: bojxona — 650,3 mlrd. söm, QQS — 97,2 mlrd. söm va aktsiz soliği — na 356,6 mln. söm foyda körgan. Ikkinçi çorakda bu körsatkiç 1,1 trln. söm: bojxona bojlari — 993,8 mlrd. söm, QQS — 158,4 mlrd. söm, aktsiz soliği — 127,1 ming söm.

2020 yil noyabrda UzAuto Motors kompaniyasi 8750 ta Chevrolet Equinox maşinasini yetkazib beriş uçun 200 mln. dollarlik şartnoma imzolagandi. Şunda bu summa bitta Chevrolet Equinox uçun 22 845 dollardan töğri kelgan, UzAuto Motors esa buni 33 664 dollardan sotgandi.

Öşa paytda bir qator deputatlar Davlat bojxona qömitasi va Moliya vazirligiga sörov yuborib, UzAuto Motors kompaniyasi va Jizzaxdagi avtomobil zavodiga berilgan imtiyozlar haqida maʼlumot söragan. DBQ bunday maʼlumotlar "maxfiy" ekanini aytib, ommaga oşkor qilmaslik şarti bilan tanişiş mumkinligini aytgandi.

Keyinroq Hisob palatasi "Özavtosanoat" mahalliy maşina işlab çiqarişda yiğim olinmayotganini aytib, imtiyozlarni qayta körib çiqiş kerakligini taʼkidlagandi. Ötgan yili 9 oy davomida tölanmagan soliqlar 582,6 mlrd. söm, bir yilda esa qariyb 780 mlrd. sömni taşkil etgandi. Bu yiğin yuqoridagi imtiyozlarga kiradimi-yöqmi, bunisi nomaʼlum.

2021 yil yanvar-iyul oylarida UzAuto Motors 124,9 ta yengil maşina işlab çiqargan. Bu esa ötgan yilgi şu davrga nisbatan 25,9 foizga, yoki 43,8 donaga kam degani. Lekin şunga qaramay, UzAuto Motors 70 foiz, yaʼni 902,6 mlrd. söm (84,6 mln. dollar) sof foyda körişga ulgurgan.

Avgust oyi oxirlarida prezident Şavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uçraşuvda Asakadagi avtomobil zavodi avvallari maşinalarni içki bozorga nisbatan çetga 30-40 foizga arzon eksport qilgan. Endi esa Toşkent, Namangan va Jizzaxda maşina zavodlari paydo bölişi ortidan UzAuto Motors faoliyatini qayta körib çiqiş kerakligi aytilgan.

×