Joriy yilning 15 avgustdan boşlab yurtimizda masjidlar bosqiçma-bosqiç yana faoliyat körsata boşlaydi. Bu haqda «Azon.uz» öz manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Unga köra, ayni soatlarda Özbekiston musulmonlari idorasi yurtimizdagi barça imom va noiblar iştirokida videoselektor şaklida yiğiliş ötkazmoqda.
Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita raisi Abduğofir Ahmedov ham iştirok etmoqda.
Yiğilişda pandemiya vaqtidagi imom xatiblar faoliyatini yanada samarodor qiliş, davlatimiz tomonidan imomlarga eʼtibor qaratilib, 150 milliard söm ajratilgani, yoşlarimizning tarbiyasida imomlarning örni va taʼsiri bölişi zarurligi kabi mavzularda söz borayotir. Şuningdek, masjidlar faoliyatini bosqiçma-bosqiç yölga qöyiş imkoniyatlari körib çiqilib, bunda avvalo nimalarga eʼtibor qaratilişiga oid çora-tadbirlar muhokama etilmoqda.
Yiğiliş yakuni böyiça batafsil maʼlumot beriladi, deyiladi xabarda.









