Özbekiston Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi 2021 yilda davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati sohasida amalga oşirilişi közlangan rejalar töğrisida maʼlumot berdi.
Taʼkidlanişiça, bugungi kun talablarini, ob-havo şaroitini inobatga olgan holda xizmat olib boriş uçun qulay, zamonaviy va ixçam bölgan, yöl-patrul xizmati xodimlarining farqlovçi belgilari taqilgan yangi xizmat kiyim-boş namunalari sinovdan muvaffaqiyatli ötgan taqdirda respublikadagi barça YPX xodimlarini yangi namunadagi kiyim-boş bilan taʼminlanadi.
Bundan taşqari, YPX xodimlarining piyoda xizmat olib boriş tizimidan bosqiçma-bosqiç voz keçiladi. Bunda YPX xodimlarining faqat qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlaş qurilmalari bilan jihozlangan patrul avtomobillarida xizmat olib borişini yölga qöyiladi.
Avvalroq Özbekistonda yöl-transport hodisasini içki işlar xodimisiz rasmiylaştiriş tartibi belgilanişi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.









