7-14 sentyabr kunlari Toşkent va Toşkent viloyati tumanlarida bittadan 5-7 yoşli bolalar uçun maktabgaça taʼlim taşkilotlarining tayyorlov guruhlari oçilmoqda.
14 sentyabrdan boşlab uşbu jarayon mamlakat böylab bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. 4-5 yoşli bolalar uçun örta guruhlar oçilişi oktyabr oyiga, 3 yoşli bolalardan iborat kiçik guruhlar oçilişi esa noyabr oyiga rejalaştirilmoqda.
Bu haqda Maktabgaça taʼlim vazirligi tomonidan ötkazilgan anjumanda maʼlum qilingan.
– Oçiliş muddatlari mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga qarab özgarişi mumkin, – dedi maktabgaça taʼlim vaziri Agrippina Şin. – Elektron navbat faoliyati joriy yilning noyabr oyigaça işlamay turadi.
Har bir guruhda tarbiyalanuvçilarning maksimal soni 15 nafar etib belgilanmoqda.









