Töyxona va restoranlarda oilaviy tadbirlarni oçiq havoda ötkaziş imkoni bölmasa, u holda iştirokçilar soni 50 kişidan oşmasligi kerak.
Bu talab avval belgilanganidek 1 avgustdan emas, 20 iyuldan kuçga kiradigan böldi.20 iyuldan kafe va restoranlar uçun karantin kuçaytirilişi barobarida, xuddi şu sanadan töyxonalar faoliyatiga ham yangi çeklov joriy etilmoqda.
Soğliqni saqlaş vazirligi xabariga köra, 20 iyuldan agar töyxonalar (restoranlar)da oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarni oçiq havoda ötkaziş imkoni bölmagan taqdirda, ularni 50 kişidan köp bölmagan mehmonlar iştirokidagina ötkazişga ruxsat beriladi.
Bunda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etiş talab etiladi. Ruxsat etilgan 50 kişi – yaqin qarindoşlar va şu tuman hududida istiqomat qiluvçi boşqa qarindoşlardan iborat bölişi lozim.
Eslatib ötamiz, Maxsus komissiyaning avvalgi qaroriga köra, töy va boşqa marosimlar uçun 50 kişigaça bölgan çeklov 1 avgustdan kuçga kirişi belgilangan edi.
20 iyuldan boşlab, şuningdek, umumiy ovqatlaniş obʼektlari faqat oçiq maydonlarda işlaşi mumkin. Ruxsat etilgan vaqt çeklovi (soat 08:00dan 20:00gaça) saqlab qolinadi.









