5 avgustdan boşlab Rossiyada tahsil olayotgan çet elliklar patent va işlaşga ruxsatnoma olmasdan işlaşiga ruxsat berildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 2 fevralda tegişli qonun imzolangan edi.
2020 yil 5 avgustdan kuçga kirgan mazkur hujjatda Rossiya Federatsiyasi hududidagi kasbiy taʼlim muassasalari va oliy öquv yurtlarining kunduzgi taʼlim yönalişida tahsil olayotgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni iş bilan taʼminlaş tartibini soddalaştiriş közda tutilgan.
Ilgari çet ellik talabalar işlaşga ruxsatnoma va patent olmasdan faqat özlari taʼlim olayotgan universitetlarda, oliy öquv yurtlari tomonidan taʼsis etilgan taşkilotlarda işlaşi mumkin edi.
Eslatib ötamiz, çet ellik talaba öqişni tugatgan yoki öqişni töxtatgan taqdirda, işlaşni töxtatiş va mehnat şartnomasi yoki işlarni bajariş/xizmatlarni körsatiş şartnomasini bekor qiliş kerak, deb xabar beradi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.









