Andijonda sartaroşxonalar va taksilar faoliyatiga ruxsat berildi

Andijonda sartaroşxonalar va taksilar faoliyatiga ruxsat berildi

Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov raisligida 2020 yil 4 may kuni ötkazilgan selektor yiğilişida belgilangan yönalişlarda Andijon viloyatda jami 3750 ta subʼektlar faoliyatini tiklaş zarurligini taʼkidlandi.

Viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabariga köra, Andijonda karantin eʼlon qilingan kunga qadar jami 29 ming 811 ta xöjalik yurituvçi subʼektlar faoliyat körsatib kelgan edi. Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi yuzaga kelişi natijasida 2020 yil 16 mart kunidan karantin eʼlon qilinişi sababli 11 ming 184 ta xöjalik yurituvçi subʼektlar faoliyati vaqtinçalik töxtatildi.

— Viloyat hokimining topşiriğiga asosan bugun, 2020 yil 4 maydan viloyatdagi 508 ta transport uyuşmalaridan 82 tasida litsenziyaga ega bölgan 4700 dan ortiq yengil avtomobillarni uyuşmalar tomonidan kunlik sanitariya talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritişga;

— 3 ming 643 tasi ayollar va erkaklar uçun sartaroşxona va gözallik salonlarni sanitariya talablari asosida oraliq masofani saqlagan holda sanitariya — epidemiologik osoyiştalik markazi hamda soliq idoralari xodimlari nazorati ostida faoliyatini davom ettirişga;

— 25 ta mehmonxonalarning har biriga sanitar vraçlarni jalb etgan holda xonalarni dezinfektsiya qiliş va mehmonlarni kunlik tibbiy nazoratdan ötkaziş orqali faoliyatini tiklaşga ruxsat etildi.

Biroq, Özbekiston Respublikasi Boş Davlat sanitariya vraçining şu yil 23 apreldagi 0372-20-sonli körsatmasiga asosan pandemiya davrida kasallikni tarqalişini oldini olişni töliq nazorat qiliş imkoniyati yöq bölgan jami 1096 ta, şundan, 459 ta umumiy ovqatlaniş korxonalari (yetkazib beriş xizmati asosida işlaş bundan mustasno), 115 ta töyxonalar, jamoat transportlari (avtobus, mikroavtobus) mavjud bölgan 426 ta yirik transport uyuşmalari, 24 ta nodavlat-notijorat öquv markazlari, 72 tasi buyum bozorlari va savdo komplekslarining faoliyatini Respublika komissiyasi tomonidan alohida körsatma bölgunga qadar faoliyat yuritişini vaqtinça çeklab turiladi.

×