Özbekistondan Umra aviaqatnovlariga ruxsat berildi

Özbekistondan Umra aviaqatnovlariga ruxsat berildi

10 martdan boşlab Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi mamlakat hududidan Saudiya Arabistoni va Birlaşgan Arab Amirliklariga ikki tomonlama yölovçi taşişni taşkil etişga ruxsat berdi. Bu haqda Özbekistondagi milliy va xorijiy aviakompaniyalarga yuborilgan xatda söz boradi.

Xatda keltirilişiça, bundan oldin yölovçi turi va fuqaroligi böyiça qöyilgan çeklovlar bekor qilinadi. Saudiya Arabistoniga amalga oşirilayotgan parvozlarda Umra mavsumi nihoyasiga yetayotganligi va “Haj-2026” mavsumidan oldin barça Umra ziyoratçilari Saudiya Arabistonining amaldagi qonunçiligiga muvofiq mamlakatdan çiqib ketişi şartligini inobatga olinişi lozim.

Bunda “Uzbekistan Airports” AJ Saudiya Arabistoniga parvoz qilayotgan barça turdagi yölovçilarni ortga qaytiş çiptasi borligini tekşirişni, ortga qaytiş aviaçiptasiga ega bölmagan yölovçilar röyxatini aviakompaniyalar va turoperatorlar kesimida şakllantirib, har kuni iş smenalari tugaşi bilan “Özaviatsiya” agentligidagi ştabga kiritib borilişini taʼminlaydi.

Parvozlarni taşkil etişda parvozlar xavfsizligi talablari, xalqaro havo taşuvlari böyiça amaldagi qoidalar, şuningdek Saudiya Arabistoni va BAAning vakolatli organlari tomonidan belgilangan talab va tartiblarga qatʼiy rioya etilişi kerak.


×