Farğona viloyati Farğona tumanida katta yölda yuzaga kelgan janjal iştirokçisi taʼqibdan qoçib, yurib ketayotgan va muayyan vaqt davomida sekinlaşga «Zil»ga osildi. Yuk maşinasi haydovçisining töxtab yigitni ogohlantirganiga qaramay, u yana harakatlanib ketayotgan «Zil»ga tirmaşgan va maşinaning ostiga kirib ketib, halok bölgan. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasiga tayanib "Daryo" xabar berdi.
Xabarga köra 4 avgust kuni soat 18:00 larda Farğona tumanidagi avtomobil yölida bir neçta fuqaro örtasida janjal yuzaga kelgan. Voqea joyiga yaqinlaşgan «Zil-130» yuk maşinasi haydovçisi vaziyatdan bexabarligi uçun ulovni sekinlatgan.
Haydovçining hikoya qilişiça töplanib turgan odamlar orasidan ikki yigit çiqqan va «Zil»ga qarama-qarşi tarzda yugurgan. Haydovçi yigitlarga zarar yetkazmaslik uçun maşina tezligini kamaytirgan. U ikki yigit turgan joydan qözğalib harakatni davom ettirgan vaqtida egnida köylagi yöq yigit maşinaga osilib olgan. «Zil» töxtagan va haydovçi yigitga maşinaga osilmaslikni aytgan.
Biroq yuk maşinasi harakatlana boşlaganida yana osilgan va haydovçi avtomobillar oqimini hisobga olib, tezlikni kamaytirib töxtaşga urinayotgan vaqtda, kutilmaganda «Zil» ostiga kirib ketib voqea joyida halok bölgan.









